Mask ketadi, DOGE ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi – Tramp
AQSh rahbari Donald Tramp milliarder Ilon Mask davlat ishiga vaqtincha yollanganini va 130 kun ishlaganidan keyin ketishini aytdi.

Foto: AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) qachondir o‘z faoliyatini to‘xtatishini aytdi, chunki Ilon Mask faqat 130 kunga maxsus davlat xodimi sifatida ishlaydi, deb xabar berdi CNN.
Trampning ta’kidlashicha, Tesla va SpaceX egasi Mask o‘z kompaniyalarini boshqarishga qaytishi kerak. Ammo prezident uni imkon qadar uzoq muddat ushlab turishni istaydi, chunki uning «zakovati va qilgan ishlarini juda qadrlaydi».
Tramp so‘zlariga ko‘ra, federal agentlik rahbarlari «allaqachon ko‘p narsalarni o‘rganishgan» va o‘z ishini mustaqil ravishda davom ettirishi mumkin. Prezident ularning ba’zilari DOGE xodimlarini saqlab qolishni xohlashiga ishonch bildirdi. Trampning ta’kidlashicha, davlat idoralari rahbarlari o‘zi ishini «skalpel kabi» qilishi mumkin bo‘lgan vaqt keladi.
Mart oyi boshida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Ilon Mask Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida qizg‘in bahslashib qolgan edi. Prezident Tramp mojaroni jimgina kuzatgach, Rubioni qo‘llab-quvvatlab, uning ishini «a’lo» deb ta’rifladi.
Manbalarga ko‘ra, Rubio va Mask o‘rtasidagi ziddiyat uzoq yillik ildizlarga ega, xususan, avvalroq Davlat kotibi yurisdiksiyasida bo‘lgan USAID faoliyatining amalda tugatilishi bilan bog‘liq.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Maoshi oshayotgan qirg‘izlar, to‘xtatilgan layk javobgarligi va «qora» turkman paxtasi
Jahon | 13:50
-
Rossiya yana Ukrainani yoppasiga o‘qqa tutdi: 10 dan ortiq kishi halok bo‘lgan
Jahon | 13:00
-
Kimlar qachon va qanday qon tahlillari topshirishi kerak?
Jamiyat | 12:35
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmasligi»ga va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask nega siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025