Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi
Elchixona o‘zbekistonliklarni turli namoyish va ommaviy yig‘inlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka chaqirdi.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi mamlakatda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.
Shu kunlarda Janubiy Koreyada yirik namoyish va mitinglar bo‘lib o‘tmoqda. Shu bois O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi diplomatik vakolatxonasi Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan vatandoshlarni ogohlikka chaqirdi.
«Turli namoyish va ommaviy yig‘inlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, bo‘lib turgan mamlakat qonun-qoidalarini hurmat qilishga va mahalliy hokimiyat organlarining ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirib qolamiz», — deyiladi murojaatda.
Zarurat tug‘ilsa, O‘zbekiston fuqarolari quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:
- +82 10 3213 4505
- +82 10 2909 4334
- +82 2 574 6554
Janubiy Koreyadagi vaziyat
Koreya Konstitutsiyaviy sudi 4 aprel kuni prezident Yun Sok Yol impichmenti ishi bo‘yicha qaror chiqaradi. Sud majlisi ochiq o‘tkaziladi, u televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilinadi. Ta’kidlanishicha, Yun Sok Yol lavozimda qolish-qolmasligi aynan ushbu sudda hal bo‘ladi.
Yun Sok Yol o‘tgan yilning 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etgandi. 15 yanvar kuni isyonda ayblangan Yun qo‘riqchilarning qarshilik ko‘rsatishga urinishlariga qaramay, o‘z qarorgohida hibsga olindi. Prezident hibsga olinganidan keyin Seulda tartibsizliklar boshlandi.
7 mart kuni Seul markaziy okrug sudi himoyachining Yun Sok Yol haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirdi va ilgari chiqarilgan hibsga olish orderini bekor qildi. Bir kundan keyin 64 yoshli siyosatchi hibsdan ozod etildi. Biroq, u tergov ostida qolmoqda.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026