AQSh Senati Kanada tovarlariga bojlarni bekor qilish uchun ovoz berdi
Rezolyutsiya maslahat xarakteriga ega va hali respublikachilar ko‘pchilikni tashkil qiluvchi AQSh Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak.

Foto: Reuters
AQSh Kongressining yuqori palatasi 48 ovozga qarshi 51 ovoz bilan Tramp tomonidan Kanada tovarlariga joriy qilingan bojlarni bekor qilishni ma’qulladi.
47 nafar demokrat senatordan tashqari rezolyutsiyani respublikachilarning 4 vakili ham qo‘llab-quvvatladi. Bu CNN ta’kidlaganidek, demokratlar va respublikachilar birlashishining kamyob namunasidir.
Rezolyutsiya rasmiy ravishda AQSh hududida favqulodda holatni bekor qilishni talab etadi. Aynan shu holat Trampga bojlarni joriy qilish imkonini bergan edi.
Shu bilan birga, hujjatda boshqa barcha mamlakatlarga emas, balki faqat Kanadaga nisbatan sanksiyalar haqida so‘z boradi.
Rezolyutsiya maslahat xarakteriga ega va hali respublikachilar ko‘pchilikni tashkil qiluvchi AQSh Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak.
Tramp prezidentlikka kirishgach, Kanadaga qarshi misli ko‘rilmagan savdo urushini boshladi va 25 foizlik boj joriy qildi.
Bunga javoban Kanada bosh vaziri Mark Karni: «Biz endi AQSh bilan oldingidek savdo munosabatlariga suyana olmaymiz», dedi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lavrov: AQSh birgalikda biznes yuritishdan manfaatdor ekanini bildirdi
Jahon | 09:11
-
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 09:01
-
KXDR o‘z qo‘shinlarining Rossiya-Ukraina urushida qatnashganini tasdiqladi
Jahon | 08:09
-
Eronda portdagi portlashdan keyin milliy motam e’lon qilindi
Jahon | 08:05
Mavzuga oid

09:11
Lavrov: AQSh birgalikda biznes yuritishdan manfaatdor ekanini bildirdi

21:23 / 27.04.2025
AQSh davlat kotibi kelasi hafta Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar uchun «nihoyatda muhim» bo‘lishini aytdi

17:10 / 27.04.2025
Kanadada avtomobil odamlarni bosib ketdi. Qurbonlar bor

15:46 / 27.04.2025