Toshkentda Parlamentlararo ittifoq ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Mamlakat poytaxti parlamentarizm olamidagi eng muhim voqea – Parlamentlararo ittifoqning (PI) 150-yubiley assambleyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Foto: senat.uz
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq ijroiya qo‘mitasining tashkiliy masalalar yuzasidan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Senat raisi Tanzila Norboyeva kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.
Senat raisi o‘z nutqida PI rahbariyatiga, xususan, Ittifoq prezidenti Tuliya Ekson va bosh kotib Martin Chungong 150-yubiley assambleyani O‘zbekistonda o‘tkazishga rozilik bildirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tadbirning o‘tkazilishi mamlakatdagi demokratik islohotlarning xalqaro darajadagi e’tirofi ekani ta’kidlandi.
T.Norboyeva o‘z chiqishida ijtimoiy adolat, kambag‘allikka barham berish va zaif qatlamlarni himoya qilish masalalarining dolzarbligini qayd etib, bu borada parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish muhimligiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, O‘zbekiston parlamentining PI faoliyatidagi ishtiroki tobora faollashayotgani ta’kidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi BMT Bosh assambleyasi rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi tashabbusi PI tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangani qayd etildi.
PI ijroiya qo‘mitasi faoliyati yuqori baholanib, uning parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim ahamiyatiga urg‘u berildi. PI bilan o‘zaro hamkorlik doirasida Buxoro va Toshkent shaharlarida xalqaro parlament forumlari hamda PIga a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ham ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes-tur tashkillashtirdi
O‘zbekiston | 11:00
-
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 10:53
-
Britaniyalik taniqli yozuvchi Frederik Forsayt vafot etdi
Jahon | 10:49
Mavzuga oid

07:37 / 10.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida 140 davlatdan 2000 ga yaqin delegat qatnashdi

14:13 / 06.04.2025
Dunyo parlamentlarida ayol siyosatchilarning soni va nufuzi ortmoqda - Martin Chungong

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

15:00 / 05.03.2025