Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
Koreya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichmentni bir ovozdan tasdiqladi va uni yakuniy tarzda hokimiyatdan chetlatdi.
Barcha sakkiz sudya impichment uchun ovoz berdi. Uni hokimiyatdan chetlatish uchun ulardan kamida olti nafarining ovozi kerak edi. Xususan, sudyalar harbiy holatni joriy etish uchun qonuniy asoslar yo‘q degan xulosaga keldi. Konstitutsiya buni faqat urush, qurolli mojaro yoki boshqa milliy favqulodda vaziyatlarda amalga oshirishga ruxsat beradi. Sudyalar Yun Sok Yol parlamentga harbiy xizmatchilarni yuborib, qonunni buzgan, deb qaror qildi. Sud Yun Sok Yol harbiylardan siyosiy maqsadlarda foydalangan degan xulosaga keldi.
Sudyalarning aytishicha, endi sobiq prezident konstitutsiyani himoya qila olmagan. Ular parlament faoliyatini taqiqlashni o‘z ichiga olgan harbiy holat to‘g‘risidagi farmon Janubiy Koreya fuqarolarining asosiy huquqlarini buzganini aytdi.
2024 yil 3 dekabrda Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. O‘shanda davlat rahbari televideniye orqali xalqqa murojaatida muxolifatni Shimoliy Koreya yordamida konstitutsiyaviy tuzumga putur yetkazishga urinishda va uning parlament ustidan nazoratidan foydalanishda aybladi. 14 dekabr kuni parlament Yun Sok Yolga impichment e’lon qildi. 31 dekabr kuni Seul G‘arbiy okrug sudi tergov so‘roviga ko‘ra Yun Sok Yolni harbiy holat joriy etish va isyon ko‘tarishga urinish ishida hibsga olish uchun order berdi. 15 yanvar kuni isyonda ayblangan prezident hibsga olindi. 7 mart kuni u hibsdan ozod qilindi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026