Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stubb: Parij yoki London Rossiya bilan muloqotda yetakchi bo‘lishi kerak
Fransiya yoki Buyuk Britaniya Yevropaning Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish harakatlari doirasida Rossiya bilan aloqalarda tashabbus ko‘rsatishi kerak, deb hisoblaydi Finlandiya prezidenti.
Foto: Ludovic Marin/AFP/Getty Images
Fransiya yoki Buyuk Britaniya Yevropaning Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish harakatlari doirasida Rossiya bilan aloqalarda tashabbus ko‘rsatishi kerak. Bu haqda 3 aprel, payshanba kuni Helsinkida Avstriya prezidenti Aleksandr van der Bellen bilan uchrashgan Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb ma’lum qildi.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lganlar koalitsiyasiga qo‘shilgan Yevropa davlatlari o‘tgan hafta o‘tgan yig‘ilishda hech bo‘lmaganda uning yetakchilaridan biri Rossiya tomoni bilan aloqa o‘rnatishi kerak degan fikrga keldi, deya tushuntirdi Stubb.
«Men shaxsan «xohlovchilar koalitsiyasi», boshqacha qilib aytganda, Fransiya yoki Buyuk Britaniyadan vakillarimiz bu bilan shug‘ullanishini ma’qul ko‘raman», — deya qo‘shimcha qildi u. Parijdan ushbu formatda prezident Emmanuel Makron, Londondan bosh vazir Kir Starmer vakillik qilmoqda.
Stubbning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya bilan muzokaralarda Yevropaning har qanday pozitsiyasi yaqindan muvofiqlashtirilishi lozim, deb yozadi Reuters. Shu bilan birga, agentlik Finlandiyaning Rossiya Federatsiyasi bilan umumiy chegarasi borligini eslatib o‘tadi, uning uzunligi 1300 km. Helsinki rasmiylari Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlamoqda. 2023 yilda Finlandiya NATOga qo‘shildi.
Mavzuga oid
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
14:54 / 28.01.2026
Orpo: Rossiya urushni to‘xtatsa, Finlandiya muloqotga tayyor
15:44 / 02.12.2025