Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanida bir-biriga tutash ikki binoda yong‘in chiqdi
Hodisa oqibatida ushbu hududda bo‘lgan uchta Damas yonib zararlangan.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Toshkent tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 4 aprel kuni soat 18:20 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga Toshkent tumani Farovon MFY, Ulug‘bek ko‘chasidagi bir-biriga tutash qurilgan ikkita binoda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in o‘chirish ekipajlari hodisa joyiga soat 18:28 da yetib borgan, alanga soat 18:38 da o‘rab olingan va 19:03 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida binolarning jami 145 metr kvadrat maydoni va ushbu hududda foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan, nosoz holatdagi uchta Damas yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida binolarning jami 700 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.
«Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi metan zapravkada Damas yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026