O‘zbekiston | 08:14 / 04.04.2025
13617
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning 4 ta tumanida 4 aprel kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

“Hududgaz Poytaxt” ma’lum qilishicha, kuz—qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Uchtepa, Chilonzor, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining quyidagi hududlariga 4 aprel kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:

Uchtepa tumani
aholi iste’molchilari soni: “Diyorobod” MFYdagi 43 ta ko‘p qavatli uylar
ulgurji iste’molchilar soni: 10 ta

Chilonzor tumani
aholi iste’molchilari soni: “Do‘mbirobod” MFYdagi 778 ta, “Gavhar” MFYdagi 640 ta, “Tirsakobod” MFYdagi 528 ta va “Katta Do‘mbirobod” MFYdagi 864 ta yerli xonadon
ulgurji iste’molchilar soni: 20 ta

Olmazor tumani
aholi iste’molchilari soni: “Hastimom” MFYdagi 135 ta yerli xonadon
ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta

Shayxontohur tumani
aholi iste’molchilari soni: “Gulbozor” MFYdagi 730 ta yerli xonadon va 54 ta ko‘p qavatli uy
ulgurji iste’molchilar soni: 18 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid