Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi
Jahonda neft narxi qulamoqda, bu Rossiya budjetini to‘ldirishda muammolarni yuzaga keltiradi.

Foto: Bloomberg
Jahon neft bozoridagi «o‘ta notinch», tarang va emotsional holat AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan dunyoning aksariyat davlatlariga boj tariflari joriy etish qarori bilan bog‘liq, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Kreml vakili neftning jahon narxlari Rossiya budjetini to‘ldirish uchun juda muhim ekanligini eslatdi. U Rossiyaning iqtisodiy organlari mamlakat iqtisodiyoti uchun «ushbu xalqaro iqtisodiy bo‘ron oqibatlarini minimallashtirish» uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilayotganini va qilishini ta’kidladi.
2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp dunyoning aksariyat mamlakatlariga keng ko‘lamli bojlar joriy etilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, 3 aprel kuni sakkizta OPEK+ davlati may oyidan boshlab neft qazib olish hajmini kuniga 411 ming barrelga (barrelga) oshirishini ma’lum qildi, bu uch oylik o‘sishga (135 ming barrel) teng.
Shu fonda Brent neft narxi o‘tgan haftada 9,87 foizga tushib, barreliga 65,58 dollarni tashkil qildi. 7 aprel kuni ertalab pasayish davom etdi va narx 2021 yil aprelidan beri ilk bor 63 dollardan pastga tushdi.
Shuningdek, Rossiyaning Urals nefti narxi bir barrel uchun 50 dollargacha tushdi. Bu joriy yilgi budjet uchun mo‘ljallangan rejadagi narxdan qariyb 20 dollarga past.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33
-
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:06
-
Rossiyalik olimlar chigirtkalardan non yopishni tavsiya qildi
Jahon | 22:49
Mavzuga oid

23:33
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy

23:06
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi

22:49
Rossiyalik olimlar chigirtkalardan non yopishni tavsiya qildi

22:27