Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi
Parvoz vaqtida ichida pingvin bo‘lgan quti sirpanib ketib, vertolyotning boshqaruv tizimiga urilgan.
Janubiy Afrika Respublikasi hukumati Robinson R44 Raven II vertolyoti uning bortida bo‘lgan pingvin sabab falokatga uchraganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Daily Mail.
Hodisa pingvinni Qushlar orolidan Sharqiy Kap provinsiyasiga ko‘chirish vaqtida yuz bergan, ammo avariya tafsilotlari rasmiy hisobot e’lon qilinganidan keyin ma’lum bo‘lgan.
Tadqiqot ishlari yakunlanganidan keyin olim uchuvchidan pingvinni aeroportga yetkazishni so‘ragan. Qush oddiy karton qog‘oz ichiga joylashtirilgan va yo‘lovchi uni tizzasi ustiga qo‘yib ketgan. Ammo parvoz vaqtida quti sirpanib, boshqaruv tangajiga urilgan va vertolyot o‘ng tomonga keskin og‘ib ketgan. Parraklarning yerga tegishi natijasida avariya sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida hech kimga — uchuvchiga ham, tadqiqotchiga ham jarohat yetmagan. Pingvinga sog‘ ekani aytilmoqda. Ammo vertolyot jiddiy shikastlangan. JAR Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasining qayd etishicha, parvozdan oldin xavfni baholash o‘tkazilgan, lekin pingvinni tashish xavfsizligi yetarli darajada ta’minlanmagan.
Mavzuga oid
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
19:53 / 08.02.2026
Xitoyning Xarbin shahrida pingvinlar paradi o‘tkazildi
13:57 / 21.12.2025
JARdagi barda otishma. O‘nga yaqin kishi halok bo‘lgan
10:41 / 28.11.2025