O‘zbekistonning Bosniya va Xersegovinadagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Bosniya va Xersegovinaga tayinlangan birinchi favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat prezidiumi raisi Jyelka Tsviyanovichga ishonch yorlig‘ini topshirdi.

Foto: "Dunyo" AA
Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Bosniya va Xersegovina o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bosniya va Xersegovina yetakchisi Jyelka Tsviyanovich O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi.
Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichiga olib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Baxtiyor Ibragimov bungacha O‘zbekistonning Avstriya, Albaniya va Slovakiyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida akkreditatsiya qilingan edi. Xususan, diplomat 2023 yil noyabr oyida Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga, 2025 yil yanvar oyida Albaniya prezidenti Bayram Begayga va shu yilning mart oyida Slovakiya prezidenti Peter Pellegriniga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Shuningdek, Baxtiyor Ibragimov 2023 yil oktyabr oyida YeXHT, YuNODC, AEXA va Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar va BMTning Vena shahridagi boshqa institutlarida mamlakat rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiyadan o‘tgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘qimachilik sohasidagi ayrim korxonalar pokistonliklar boshqaruviga berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:44
-
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi
Jahon | 15:21
-
Tramp Rossiya va Ukraina haqida: «Ba’zida bolalarga biroz mushtlashishga qo‘yib bergan ma’qul»
Jahon | 15:01
-
Kreml: Ukraina bilan muzokaralar yangi bosqichi memorandumlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng kelishiladi
Jahon | 14:25
Mavzuga oid

17:25 / 07.03.2025
O‘zbekistonning Slovakiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

20:52 / 31.01.2025
O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

18:35 / 01.09.2024
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi etib tayinlandi

11:56 / 27.01.2024