Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalaştiriş, bojxona axborot tizimlarini uyğunlaştiriş, zamonaviy logistika markazlarini quriş, şuningdek, yuk taşiş va yetkazib berişda vaqt hamda moddiy xarajatlarni kamaytiriş uçun çegara ötiş punktlarini modernizatsiya qiliş masalalari körib çiqildi.

Ğiştköprik (Özbekiston) – Jibek Joli (Qozoğiston) va Davut-ota (Özbekiston) – Tajyen (Qozoğiston) asosiy çegara ötkaziş punktlarida ta’mirlaş işlarini tezlaştiriş orqali savdo hajmini va turizm körsatkiçlarini oşiriş böyiça amalga oşiriladigan çora-tadbirlar yuzasidan fikr almaşildi.

Sirdaryo viloyati hududida taşkil etilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi yaqinida joylaşgan Sirdaryo–Atameken çegara ötkaziş punkti infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qiliş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar meva-sabzavot va boşqa tez buziladigan yuklarni taşişda qulayliklar yaratiş, ularning tezkor harakatlanişini ta’minlaş maqsadida "yaşil yölak" tizimini joriy etiş istiqbollarini muhokama qildi.