Özbekistonning Slovakiyadagi birinçi favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Vena şahrida joylaşgan) Baxtiyor Ibragimov uşbu mamlakat prezidenti Peter Pellegriniga işonç yorliğini topşirdi.
Qayd etilişiça, Bratislavadagi «Grassalkoviçlar» saroyida bölib ötgan tantanali marosimdan söng ötkazilgan muloqot çoğida Özbekiston va Slovakiya örtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilingan.
Tomonlar sönggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçiga kötarilayotganini ta’kidlagan. Şuningdek, joriy yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda salmoqli qöşma tadbirlar belgilangani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Baxtiyor Ibragimov 2023 yil noyabr oyida Özbekistonning Avstriyadagi elçisi etib tayinlangan edi. Şuningdek, u 2023 yilda ştab-kvartirasi Vena şahrida joylaşgan YeXHT, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi, Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlaş töğrisidagi şartnoma taşkiloti, AEXA kabi xalqaro taşkilotlardagi mamlakat rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiya qilingandi.
Joriy yil yanvar oyida esa u Albaniya prezidenti Bayram Begayga Özbekistonning uşbu mamlakatdagi elçisi sifatidagi işonç yorliğini topşirgan edi.













