Suhbat çoğida energiya xavfsizligini ta’minlaş, uglevodorodlar qazib oliş va qayta işlaş sohalaridagi hamkorlikni çuqurlaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar çegaradoş hududlarda qöşma geologik qidiruv işlarini amalga oşiriş, axborot almaşiş va muvofiqlaştiriş tartiblarini belgilab oldi.

Özbekiston hududidagi istiqbolli maydonlarni birgalikda örganişga tayyorlik bildirildi, bu yönalişda doimiy işçi muloqot davom ettiriladi. Şuningdek, neft-gaz kimyosida qöşimça qiymat zanjirini rivojlantirişga qaratilgan hamkorlik masalalari körib çiqildi.

Qaşqadaryo viloyatida qöşma quvvatlarni yölga qöyiş va zarur loyiha hujjatlarini işlab çiqiş yuzasidan fikr almaşildi.

Tomonlar polimer xomaşyosi va undan tayyor mahsulot işlab çiqariş, avtosanoat, qişloq xöjaligi, töqimaçilik va boşqa tarmoqlarda qöşimça qiymat yaratişga xizmat qiladigan loyihalarni amalga oşiriş maqsadida ikki mamlakatning tegişli korxonalari va texnoparklari vakillari örtasida muloqotlarni yölga qöyişga kelişib oldi.