Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Farmatsevtika kompaniyasi endi o‘z e’tiborini semirishni erta bosqichda davolashga qaratilgan investitsiyalarga yo‘naltiradi.
Farmatsevtika kompaniyasi Pfizer semirishga qarshi Danuglipron dori vositasini ishlab chiqishni to‘xtatadi. Bunga klinik sinovlarda ishtirok etgan bir bemorda jigar bilan bog‘liq jiddiy nojo‘ya ta’sirlar aniqlangani sabab bo‘lmoqda.
«Pfizer investorlar katta qiziqish bilan kuzatayotgan semirishga qarshi dori vositasi ustidagi ishlarni to‘xtatadi. Bu kompaniyaning vazn kamaytiruvchi dori vositalari bozoridagi yetakchilar — Novo Nordisk va Eli Lilly & Co bilan raqobat qilish harakatlariga jiddiy zarba bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, dori vositasini sinovdan olish qarori bir ishtirokchida aniqlangan ehtimoliy jigar shikastlanishlari bilan bog‘liq. Shu sababli Pfizer dori vositasining so‘nggi bosqichdagi sinovlarini o‘tkazmaydi va o‘z e’tiborini semirishni erta bosqichda davolashga qaratilgan investitsiyalarga yo‘naltiradi.
Bloombergʼning qayd etishicha, Pfizer COVID-19 vaksinasini yaratgach, semirishga qarshi dorilar bozorida raqobatni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirgan. Koronavirusga qarshi vaksina va davo vositalariga talab pasayayotgan bir paytda, vazn yo‘qotish vositalari bozori rivojlanishda davom etmoqda va 2030 yilga borib 130 milliard dollarga yetishi kutilyapti.
Mavzuga oid
23:20 / 18.03.2026
Dunyo bo‘ylab bolalar semirishi epidemiyasi kuzatilmoqda
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
00:49 / 08.12.2024
Vengriya va Polsha Yevrokomissiya rahbariga qarshi sud jarayonlariga qo‘shildi
13:47 / 28.03.2023