Tramp yarimo‘tkazgichlar importiga yangi bojlarni joriy qiladi
«Biz o‘z chiplarimiz, yarimo‘tkazgichlarimiz va boshqa mahsulotlarimizni mamlakatimizda ishlab chiqarmoqchimiz», dedi u.

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp 13 aprel kuni yarimo‘tkazgichlar importiga kelasi hafta yangi bojlar joriy etishini ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
AQSh prezidenti ushbu mahsulotlarga boj tariflari qanday bo‘lishiga aniqlik kiritmadi, faqat boj miqdori ishlab chiqaruvchiga qarab farq qilishini ta’kidladi. Tramp bu masalada «moslashuvchanlik» bo‘lishi kerakligini aytdi.
«Biz o‘z chiplarimiz, yarimo‘tkazgichlarimiz va boshqa mahsulotlarimizni mamlakatimizda ishlab chiqarmoqchimiz», dedi Tramp.
Tramp shuningdek, o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan yarimo‘tkazgichlar va boshqa komponentlar importi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishga buyruq berishini e’lon qildi.
«Biz milliy xavfsizlik bo‘yicha bo‘lajak tekshiruvlarda yarimo‘tkazgichlar va elektronikaning barcha ta’minot zanjirini ko‘rib chiqmoqdamiz», deb yozdi u.
Reuters ta’kidlaganidek, yarimo‘tkazgichlarga yangi tariflar ushbu mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan Sharqiy Osiyo davlatlari bilan savdo urushini yanada kuchaytiradi va Amerika texnologiya kompaniyalari uchun ham keng ko‘lamli oqibatlarga olib keladi.
Bundan tashqari, Trampning yarimo‘tkazgichlarga yangi tariflar joriy etish niyati, deb yozdi Reuters, uning telefonlar, kompyuterlar va boshqa qator elektron qurilmalar va butlovchi qismlar importini yuqori tariflardan ozod qilish haqidagi qarori vaqtinchalik chora bo‘lishi mumkinligidan dalolatdir.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "PSJ" "Inter"ga javobsiz 5ta gol urib, o‘z tarixida ilk bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
Mavzuga oid

14:42 / 31.05.2025
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

13:41 / 31.05.2025
AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

12:50 / 31.05.2025
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi

12:25 / 31.05.2025