Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Saratov viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Lada Largus yo‘lda turgan yuk avtomobiliga urildi. Oqibatda bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, 5 kishi jarohat oldi.
Saratov viloyatida Dergachevskiy tumani “Dergachi” aholi punkti yaqinida YTH sodir bo‘ldi.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, joriy yil 16 aprel kuni soat 01:10 larda Saratov viloyatining “Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki” trassasining 519 km. Dergachevskiy tumani, “Dergachi” aholi punkti yaqinida “Lada Largus” rusumli avtomashinasida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari va A298 trassasida turgan yuk avtoulovi ishtirokida yo‘l-transport xodisasi sodir bo‘lgan.
Ushbu YTH oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi - 1987 yilda tug‘ilgan K.F.Z. voqea joyida vafot etgan va 5 nafar vatandosh turli tan jarohatlar bilan tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan holat nazoratga olingan bo‘lib, Saratov viloyati vakolatli va mutasaddi idoralar bilan aloqa o‘rnatilib, vafot etgan fuqaro jasadini vatanga qaytarish ishlari bilan bog‘liq jarayonlar boshlangan va jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko‘rsatib kelinyapti.
Mazkur masala bo‘yicha O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali bog‘lanish mumkin: +7-843 526-55-63; +7-843 526-55-64; +7-843 526-55-65. Telegram: t.me/KAZAN_MFA, @kazan_mfa_uz.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026