Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
Miting, yig‘ilish va namoyishlar, shuningdek, ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va tizimlashtirish rejalashtirilmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, miting, yig‘ilish va namoyishlar, shuningdek, ommaviy tadbirlar sohasidagi barcha qonunchilik normalarini umumlashtirib, qonun loyihasini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
“Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish mo‘ljallanmoqda.
Bunda, fuqarolarning ommaviy tadbirlarda, miting va namoyishlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq munosabatlar tartibini belgilaydigan qonunchilik tizimga solinadi va takomillashadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda konstitutsiyaviy odil sudlovni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ham rejalashtirilgan.
Bunda:
- konstitutsiyaviy nazoratning samaradorligini oshirish; konstitutsiyaviy odil sudlovdan foydalanish bo‘yicha teng imkoniyatlar yaratish;
- Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasini Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega sub’yektlar doirasiga kiritish;
- Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish dasturini ishlab chiqish;
- sud majlislarini video-konferens-aloqa rejimida o‘tkazish ko‘zda tutiladi.
Mavzuga oid
09:55 / 20.02.2026
Atrof-muhitga ta’sir masalalari jamoatchilik bilan muhokama qilinadi
09:11 / 19.01.2026
Farzandlikka olish uchun huquqiy asoslar ro‘yxati e’lon qilindi
19:58 / 12.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etildi
15:25 / 04.09.2025