Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi
Rossiya prezidenti 19 aprel kuni soat 18:00 dan 21 aprel soat 00:00 gacha barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishni buyurdi. Avvalroq AQSh prezidenti Ukrainadagi urushda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Rossiya tomoniga berilgan taklifga shu hafta oxirigacha javob olishni kutayotganini aytgandi.
Rossiya Pasxa bayrami munosabati bilan Ukraina bilan urushda 30 soatlik otashkesim e’lon qildi. Bu haqda prezident Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Gumanitar nuqtayi nazardan, bugun soat 18:00 dan boshlab, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi – soat 00:00 gacha Rossiya tomoni Pasxa tanaffusini e’lon qiladi. Bu vaqt davomida barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishni buyuraman”, – dedi Putin RF qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan uchrashuvda.
Rossiya prezidenti Ukraina tomoni “Rossiyadan namuna olishiga” umid bildirdi.
“Shu bilan birga, bizning qo‘shinlarimiz tanaffusning raqib tomonidan ehtimoliy buzilishlari va provokatsiyalar bo‘lishiga, uning har qanday agressiv harakatlarini qaytarishga tayyor turishi kerak”, – dedi u.
Vladimir Putin, shuningdek, AQShning mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilishlarini olqishlashini qo‘shimcha qildi.
Ukraina tomoni hozircha Rossiyaning tashabbusiga munosabat bildirmadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbidan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga “shu hafta oxirigacha” javob olishni kutayotganini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin AQSh vositachiligida Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetika obektlariga zarba bermaslik bo‘yicha kelishuv bo‘lgan, 18 martdan boshlangan kelishuv 1 oyga tuzilgandi. Bu muddat davomida ikki tomon ham doimiy ravishda bir-birini kelishuvni buzganlikda ayblab keldi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026