Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi
Xitoy kompaniyalari o‘z mahsulotlarini AQSh bozoriga yetkazish uchun Hindiston eksportchilariga murojaat qilmoqda.
Xitoyning ba’zi kompaniyalari AQSh prezidenti Donald Trampning ulkan tariflarini chetlab o‘tishga imkon beradigan, ammo AQSh bozorida qolishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqni topdi. Buning uchun ular hind eksportchilariga o‘z nomidan buyurtmalarni bajarish uchun murojaat qilmoqda, deb xabar berdi Bloomberg.
Hindiston eksport tashkilotlari federatsiyasi bosh direktori Ajay Sahay so‘zlariga ko‘ra, Guanchjoudagi Kanton yarmarkasida xitoyliklar bir nechta hind firmalariga murojaat qilib, o‘z tovarlarini Amerika bozoriga yetkazishni taklif qilgan. Evaziga hind firmalariga komissiya taklif etilgan.
Agentlikning eslatishicha, AQShga eksport qilinadigan ko‘plab Xitoy tovarlariga 145 foizlik boj joriy qilingan. Hindistondan eksport qilinadigan tovarlarga esa 10 foiz soliq solinadi, bu Xitoy kompaniyalari uchun Hindiston eksportchilariga murojaat etishni ancha foydali qiladi.
Avvalroq, o‘z mahsulotlarini AQSh bozoriga yetkazib beradigan ko‘plab xitoylik kompaniyalar Vetnamda zavodlar ochishga yoki o‘z mahsulotlarini Tailandga jo‘natishga qaror qilgan, u yerdan AQShga eksport qilishni rejalashtirgan edi. Keyinchalik Tramp Vetnamga 46 foiz miqdorida javob bojlari kiritdi, shu sababli xitoylik eksportchilar Hindistonga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
Xitoy kompaniyalari uchun muammo shundaki, Hindiston hukumati Xitoy sarmoyasiga cheklovlarni saqlab qoladi. Bu kompaniyalarga mamlakatda biznes ochish yoki Hindiston orqali AQShga tovarlar jo‘natishini qiyinlashtiradi, deb tushuntiradi agentlik.
Sahai jurnalistlarga Xitoy kompaniyalari so‘rovlarining ko‘pchiligi qo‘l asboblari, elektronika va maishiy texnika kabi sohalarda ekanligini aytdi.
Eksport uchun mas’ul hind qo‘l asboblari ishlab chiqaruvchisi OayKay Tools xodimi Siddhant Aggarval jurnalistlarga o‘z kompaniyasi Amerika va Xitoy firmalari bilan AQSh bozoriga tovar yetkazish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini aytdi.
Agentlikning ta’kidlashicha, Xitoy kompaniyalari uchun bu bo‘shliq AQShga mahsulot eksport qilishdan olgan daromadlarining katta qismini saqlab qolish imkonini beradi, Hindiston esa AQShda o‘z ishtirokini kengaytirib, qo‘shimcha daromad olishi mumkin.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026