Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Starbucksʼning 3D-printerda bosilgan birinchi qahvaxonasi ochildi
Qurilishga 1,2 mln dollar sarflangan - bu oddiy qahvaxona qurilishidan deyarli ikki barobar arzon.
Foto: City of Brownsville, TX - Municipal Government
AQShda 28 aprel kuni 3D-printerda bosilgan birinchi Starbucks qahvaxonasi ochildi, deb xabar beradi Tom’s Hardware.
Qahvaxona Texas shtatining Braunsvill shahrida paydo bo‘lgan. Uning maydoni 130 metr kvadratni tashkil etadi. Loyihachilar uni qurishda Cobod BOD2 printeridan foydalangan.
Bino devorlari va tomini robotlar qurgan. Qahvaxonani qurishda ishlatilgan material plastikdan ko‘ra, ko‘proq sementni yodga soladi. Uning maydoni kichkina bo‘lgani bois u yerda tashrif buyuruvchilar uchun stollar mavjud emas.
Qurilishga 1,2 million dollar sarflangan — bu oddiy qahvaxona qurilishidan deyarli ikki barobar arzon.



Avvalroq Yaponiyada olti soat ichida 3D-printer yordamida bosilgan dunyodagi birinchi temiryo‘l stansiyasi qurilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qurilish ishlari atigi olti soat davom etgan — ishlar kechasi, oxirgi poyezd jo‘nab ketishi va birinchi poyezd kelishi oralig‘ida olib borilgan edi. Balandligi 2,6 metr, maydoni 9,3 metr kvadratga yetadigan stansiya temir-betondan qurilgan.
Mavzuga oid
23:17 / 29.10.2025
Olimlar 3D-printerda chop etilgan yuzni ilk marotaba odamga ko‘chirib o‘tkazdi
16:25 / 27.09.2025
Starbucks yuzlab qahvaxonalarini yopmoqda
14:53 / 19.09.2025
Starbucks: Oddiy g‘oyadan global imperiyaga
00:20 / 12.04.2025