O‘zbekiston | 11:00 / 01.05.2025
4908
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi

Davlat rahbari hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida ishga tushirilgan yangi obektlar, yirik transport infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.

Shuningdek, davlat rahbari hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid