Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
"Farg‘ona–Urumchi–Farg‘ona" yo‘nalishida aviaparvozlar yo‘lga qo‘yilyapti.
Foto: Dunyo
Farg‘ona viloyati hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar kengaytirilayotgan bo‘lib, yana bir yangi Farg‘ona-Urumchi-Farg‘ona yo‘nalishida aviaparvoz yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xitoyda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.
Mazkur aviaparvoz ikki hududni bog‘lash, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid
08:22
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:10 / 02.12.2025
“Suv sepish bilan ish bitmaydi” – Farg‘ona havosi hamon o‘ta zararli bo‘lib qolmoqda
21:34 / 30.11.2025
Farg‘onada havo ifloslanishi rekord darajani tashkil etdi
19:56 / 30.11.2025