Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt Toshkentda yetim bolalar uchun maktab qurmoqchi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Al-Kuvayt shahrida "Shayx Abdulla an-Nuriy" xayriya tashkiloti menejeri Abdullatif az Zafiriy bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 2025 yil 6 mayga qadar Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhining (HOPE) insonparvarlik missiyasini muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekistondagi istiqbolli loyihalar, jumladan, Toshkent shahrida yetim bolalar uchun maktab yoki qariyalar shifoxonasi qurish, zarur ijtimoiy infratuzilmaga ega "kichik qishloq" namunasini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Abdullatif az Zafiriy ikki davlat o‘rtasida ijtimoiy loyihalar sohasida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
07:58 / 06.05.2026