Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi
Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta asosiy turdagi va bitta qo‘shimcha texnika jalb etilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 4 may kuni soat 15:50 da Toshkent tumani Iftixor MFY, Binokorlar ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida «112» tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida korxonaning 90 metr kvadrat maydondagi tom qismi va devor qoplamasi yongan.
Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta asosiy turdagi va bitta qo‘shimcha texnika jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Avvalroq Yakkasaroy tumani Qo‘shbegi ko‘chasida joylashgan kichik sanoat zonasi hududidagi Sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y bergani, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026