Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh narkokartellarga qarshi kurashuvchi idoralararo tuzilmani tugatmoqda
Uyushgan jinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo guruh prezident Ronald Reygan davridan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Foto: Bloomberg
AQSh Adliya vazirligi Ronald Reygan davridan beri faoliyat yuritib kelayotgan Uyushgan jinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo guruhni tugatishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalari va ichki hujjatlarga tayanib xabar berdi. Shu bilan birga, e’lon qilingan federal budjet loyihasida guruhni tugatish qarori to‘g‘risida hech qanday gap yo‘q.
Qayd etilishicha, vazirlik budjet boshqarmasining 28 apreldagi xizmat xatida 2026 yilgi federal budjet loyihasi doirasida tuzilmani moliyalashtirishni to‘xtatish haqida so‘z boradi. Ichki hujjatlarga ko‘ra, barcha operatsiyalar 2025 yil oxiriga qadar yakunlanishi kerak.
Organized Crime Drug Enforcement Task Force nomli tashkilot prezident Ronald Reygan davrida 1982 yilda tuzilgan. U nazorat qiladigan operatsiyalar federal prokurorlar va huquq-tartibot idoralarining minglab xodimlarini o‘z ichiga oladi. AQSh Hisob palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida tuzilma transmilliy jinoiy guruhlardan 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ni musodara qilishga yordam bergan.
2 may kuni Oq uy 2026 yil uchun mo‘ljallangan federal budjet loyihasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, harbiy xarajatlar 13 foizga oshiriladi, ta’lim, uy-joy va tibbiy tadqiqotlar uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar esa qisqartiriladi.
Mavzuga oid
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026