Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Fridrix Mersni tabrikladi
Davlat rahbari yangi kansler rahbarligidagi hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya jahonning yetakchi demokratik va iqtisodiy rivojlangan mamlakati sifatida o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi federal kansleri Fridrix Mersni ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Davlat rahbari o‘z maktubida kansler rahbarligidagi hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya jahonning yetakchi demokratik va iqtisodiy rivojlangan mamlakati sifatida o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidagi an’anaviy va vaqt sinovlaridan o‘tgan hamda muhim hamkor bo‘lgan Germaniya bilan ko‘p qirrali hamda uzoq muddatli aloqalarni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratishi ta’kidlangan.
«Siz bilan birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan «yashil» iqtisodiyot, investitsiyalar, infratuzilma, texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa ustuvor sohalardagi sherikligimiz jadal rivojlanib, kelgusida mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilishiga aminman», deyiladi prezident maktubida.
6 may kuni Bundestag Fridrix Mersni Germaniya kansleri etib sayladi. 70 yoshli siyosatchi bu lavozimda Olaf Shols o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026