Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Pokiston tomoni Jammu shahrida dron va raketalar uchirdi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari 8 ta raketani tutib qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Hindistonning Jammu shahridagi aeroportda 8 may kuni kechqurun portlashlar yuz berdi, deb yozmoqda AFP.
Hind harbiylarining ma’lum qilishicha, Pokiston shaharga dron va raketalar uchirgan. Reuters muxbirining so‘zlariga ko‘ra, Jammuda elektr energiyasi ta’minoti o‘chirilgan.
Xavfsizlik xizmati vakillarining qayd etishicha, shahar hududidagi beshta harbiy obekt hujumga uchragan. Ismini oshkor etmagan hind harbiysi Havo hujumidan mudofaa kuchlari Jammuda sakkizta raketani tutib qolganini ma’lum qilgan. Pokiston jami nechta raketa uchirgani noma’lum.
Oldinroq pokistonlik harbiylar Hindiston tomonidan qator hududlar, jumladan, Karachi va Lohur shaharlariga hamda armiya shtab-kvartirasi joylashgan Ravalpindi garnizon shahriga uchirilgan 29 ta dronni urib tushirgan edi.
Hindiston Qurolli kuchlari 7 mayga o‘tar kechasi «Sindur» operatsiyasini boshlab, Pokistondagi «terrorchilik infratuzimalari» obektlariga raketa zarbalarini yo‘llagandi. Pokiston ham bunga javob zarbalarini amalga oshirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonda 32 kishi, Hindistonda esa 16 fuqaro halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:13 / 03.05.2026
Pokistonda 21 yil noqonuniy yashagan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
23:37 / 20.04.2026
«Forscha shaxmat Trampga og‘irlik qilyapti» – muzokaralarda mujmallik hukmron
14:24 / 08.04.2026