Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
Toshkentdagi Mustaqillik maydoni ko‘chasida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritilishi kutilmoqda.
Madaniy meros agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasi Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, Mustaqillik maydoni ko‘chasida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosini ham ro‘yxatga kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Ro‘yxatga yana 130 ga yaqin obektlarni kiritish rejalashtirilgan. Ular orasida masjidlar, muzeylar va turar joy binolari ham bor. Toshkent shahri Shota Rustaveli, Beshyog‘och ko‘chalaridagi qator uylar, San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti binosi, Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi binolar majmuasi bor.
O‘zbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan moddiy madaniy merosini muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, yodgorliklarini tartibga solish, ro‘yxatini shakllantirish, tarixiyligini saqlash hamda ularning ahamiyatini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
12:22 / 22.01.2026