Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi
Ushbu qurol 2 ming kilometrdan uzoq masofada joylashgan nishonlarni yakson etishga mo‘ljallangan.
Buyuk Britaniya va Germaniya uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi qurol yaratish ustida hamkorlikda ish olib borishini ma’lum qildi. Ushbu qurol 2 ming kilometrdan uzoq masofada joylashgan nishonlarni yakson etishga mo‘ljallangan.
Loyiha Buyuk Britaniya va Germaniya o‘rtasida 2024 yilda qabul qilingan mudofaa kelishuviga asoslangan. Britaniya hukumatiga ko‘ra, yangi qurol «mamlakatda shu paytga qadar yaratilgan eng ilg‘or tizimlardan biriga» aylanadi.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili hamda uning germaniyalik hamkasbi Boris Pistorius yangi loyiha haqida Berlinda o‘tkaziladigan uchrashuvda e’lon qiladi.
Britaniya hukumati loyihani ishga tushirish muddati va budjetiga oid tafsilotlarni oshkor etmagan.
The Times gazetasi 2024 yilda Buyuk Britaniya 3,2 ming kilometr masofaga uchib, Rossiya hududidan uchiriladigan taktik yadroviy qurollarni yo‘q qilishga qodir raketalarni yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya qurolni yaratish ustida Germaniya bilan birgalikda ishlashni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:50 / 08.06.2026