Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NNTga ekologik loyihalar uchun davlat ijtimoiy buyurtmasi beriladi
Prezident qarori bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya 2030 yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishni maqsad qilib qo‘ygan:
- MTMlardagi 3,3 mln nafar tarbiyalanuvchilar va 4,2 mln nafar maktab o‘quvchilarida ekologik madaniyatning shakllanishi;
- professional ta’lim tizimi tashkilotlaridagi 400 ming nafar o‘quvchilar va OTMlardagi 1,9 mln talabalarda ekologik ta’lim va tarbiyaning mustahkamlanishi;
- 90 foiz davlat organlari, korxona va muassasalar xodimlarida ekologik madaniyatning yuksalishi.
Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari ochiladi. Nodavlat notijorat tashkilotlariga esa ekologik madaniyatni yuksaltirishga doir loyihalarni amalga oshirish uchun har yili davlat ijtimoiy buyurtmasi beriladi.
Maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishish ekologiya, iqlim o‘zgarishi, o‘rmon xo‘jaligi va turizm sohalaridagi vazirliklar va idoralarning faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarida (KPI) hisobga olinadi.
Mavzuga oid
15:25 / 24.09.2025
Korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi NNT loyihalariga grant ajratiladi
15:13 / 12.09.2025
NNT ishiga noqonuniy aralashuvchi davlat xizmatchilari javobgarlikka tortiladi
08:30 / 28.08.2025
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati erkinligi kafolatlari qonunlashtirildi
10:36 / 25.08.2025