Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan qovun mahsulotlarida nitrat miqdori me’yordan ortiq ekani va uni iste’mol qilgan fuqarolar zaharlanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimligi ma’lumot berdi. Viloyatdagi barcha dehqon va oziq-ovqat bozorlarida poliz mahsulotlari, jumladan, qovunlar doimiy ravishda veterinariya-sanitariya laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Ulardagi nitrat miqdori belgilangan sanitariya me’yorlariga muvofiq deb topilgandagina savdoga chiqarilishiga ruxsat beriladi. Ayni kunga qadar viloyatdagi biror tibbiyot muassasasiga qovun iste’moli orqali zaharlanish holati bilan murojaat qilinmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalardagi qovun navlari Surxondaryo viloyatida yetishtiriladigan mahsulotlarga hech qanday aloqasi yo‘q. Viloyat dehqonlari bugungi kunda sifatli, talabga javob beradigan qovun navlarini yetishtirib, mahalliy bozorlarga yetkazib bermoqda.
Shu munosabat bilan aholiga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan norasmiy va tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmasliklarini, faqat rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘raymiz. Tarqalgan videolardagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va ular mutlaqo yolg‘on ekanini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026