Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
Daraxt haydovchi o‘z mashinasini yo‘l chetiga qo‘yib, oshxonaga kirib ketgan vaqtida qulab tushgan.
Andijon viloyati Marhamat tumanida daraxt Cobalt transport vositasi ustiga qulab tushdi, deb xabar beradi viloyat IIB YHXB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 26 may kuni soat 13:20 larda Marhamat tumani Dukchi Eshon MFY, Ipak yo‘li ko‘chasida 32 yoshli haydovchi I.F. Cobalt’ini avtomobil yo‘li chetiga qo‘yib, tushlik qilish uchun oshxonaga kirib ketgan. Bu vaqt ob-havo keskin o‘zgarib, kuchli shamol esishi oqibatida chinor daraxti mazkur avtomashina ustiga qulab tushgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan, avtomashina texnik shikastlangan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oxirlarida kuchli shamol sabab Mirobod tumanida daraxt ikkita Cobalt ustiga qulagandi. 17 may kuni esa Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etgan edi.
Mavzuga oid
10:20
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026