Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi
Kuchli shamol sabab Mirobod tumanida daraxt ikkita Cobalt ustiga quladi. Hodisa joyida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.
Mirobod tumani hokimligi kuchli shamol sabab avtomobillar ustiga daraxt qulagani yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, daraxt qulashi oqibatida insonlarga shikast yetmagan. Ikkita Cobalt rusumidagi avtomashina zarar ko‘rgan.
Hozirda hodisa joyida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.



Hokimlik noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘radi. Shuningdek, favqulodda holatlarda 1050 va 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkinligini eslatib o‘tdi.
O‘z navbatida poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ham Toshkent shahri hududida kuchli shamol kuzatilayotgani, transport vositalarini daraxtlar va temir qurilmalar tagiga qo‘ymaslik, yosh bolalarni qarovsiz ko‘chaga chiqarmaslikdan ogohlantirdi.
Mavzuga oid
09:30
Toshkentda bo‘yoq hididan zaharlangan uch fuqaro qutqarildi
23:44 / 21.06.2026
Britaniyada Robin Gudning mashhur 1200 yillik daraxti qurib qoldi
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
09:22 / 06.05.2026