Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligi oshiriladi
“Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Raqamli markirovkalangan mahsulotlarning harakat zanjirini to‘liq kuzatib borish orqali yashirin ishlab chiqarish va kontrafakt mahsulotlar muomalasiga chek qo‘yish asosiy maqsad etib belgilandi.
Tadbirkorlar tomonidan olingan markirovka kodlarini mahsulotlarga qo‘llash uchun belgilangan 90 kalendar kunlik muddat bekor qilinadi.
Markirovka kodlari mahsulotga bevosita qo‘llangandan keyin ular uchun to‘lov amalga oshiriladi.
Raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalashda qo‘llanadigan markirovka kodlari Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori tomonidan bepul taqdim etiladi
Tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida operator tomonidan tunu kun ishlaydigan “Call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2025 yil 1 iyuldan:
- import qiluvchi tashkilot tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kirilgan dori vositalarini ularning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki uning rasmiy dilerlari orqali realizatsiya qilish elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oshiriladi;
- raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ulgurji sotish faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:27 / 17.03.2026