O‘zbekiston | 11:34 / 26.05.2025
2333
2 daqiqa o‘qiladi

Masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etiladi

“Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

2026 yil 1 yanvardan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Bunda:

  • tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma olish talab etilmaydi;
  • majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ogohlantirish beriladi;
  • 2-marta ogohlantirish berilgandan so‘ng qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda belgilangan miqdorlarda jarima qo‘llanadi;
  • jarima qo‘llangan tadbirkorlarga 1 yil davomida QQS summasining o‘rni qoplanmaydi.

2025 yil 1 sentabrdan farmatsevtika faoliyati hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati bo‘yicha yangidan tashkil etilgan sub’yektlarga litsenziya berishda quyidagi qo‘shimcha shartlar kiritiladi: 

  • faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘chmas mulk bo‘yicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilgani;
  • dori vositalarini realizatsiya qilishda xaridorlardan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha elektron to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid