Özbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida biznesni “soyadan” çiqarişni rağbatlantirişga oid ötgan haftadagi farmoni haqida söz yuritdi.
Farmonga köra, işini kiçik loyihadan boşlab, biznesda tajriba va malaka töplagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga kömak berib, ularni 50-100 nafar odam işlaydigan baquvvat korxonalar sohibiga aylantiriş maqsadida YaTT va özini özi band qilgan şaxslar uçun 2030 yilgaça maxsus huquqiy rejim joriy etildi.
Endi bunday tadbirkorlar uçun röyxatdan ötişdan tortib hisobot topşirişgaça bölgan barça xizmatlarni jamlagan raqamli platformalar yaratiladi. Bunda tadbirkorlar kerakli hujjatlarni masofaviy biometriya va “SMS xabarnoma” orqali elektron kalitsiz imzolaşi mumkin. Işçilarga elektron hamyon orqali “kunbay”, “soatbay” maoş tölaş imkoniyati yaratiladi.
Ma’lumki, Özbekistonda 40 dan ziyod elektron tölov taşkilotlari mavjud va aholi öziga qulay mobil ilovadan foydalanmoqda.
Endi 1 noyabrdan boşlab tadbirkorlar uçun barça mobil tölov ilovalari orqali hisob-kitob qiliş imkonini beradigan universal QR-kod beriladi.

Yillik aylanmasi 1 milliard sömgaça bölgan barça tadbirkorlar kelasi yil 1 yanvardan bir xil, ya’ni aylanmadan 1 foiz soliq tölaşga ötkaziladi.
Masalan, hozir aylanmasi 100 million sömgaça bölgan yakka tadbirkor yillik 12 million sömgaça qat’iy soliq örniga köpi bilan 1 million söm tölaydi. Yoki aylanmasi 100 milliondan 1 milliard sömgaça bölgan tadbirkor aylanmadan ilgari 30-40 million söm soliq tölagan bölsa, endi uning soliq yuki 3-4 karra kamayadi.
“Umuman, yaratilayotgan şaroitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion söm, tasavvur qilyapsizlarmi, 1 trillion söm qolyapti. Bu – kiçik biznes uçun qöşimça resurs, yakka tadbirkorlar öz biznesini keyingi bosqiçga olib çiqişi uçun yana bir imkoniyat”, – dedi prezident.












