Ko‘chmas mulk | 14:33 / 21.08.2025
21603
2 daqiqa o‘qiladi

Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi

Qurilish kompaniyalarining soliqdan qarzi 1 trln so‘mdan oshdi. Shundan 385 mlrd so‘mi 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Kun.uz

2025 yil 1 avgust holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1163 tani tashkil etyapti, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.

Umumiy qarzdorlik 1 trln so‘mdan oshgan. Shundan 385,3 mlrd so‘mi, ya’ni 38 foiz soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:

  • “Reliable Stroy Invest” MChJ – 81,5 mlrd so‘m;
  • “Mohir-Quruvchi” MChJ – 65,3 mlrd so‘m;
  • “Aziya Invest Favorit” MChJ – 63 mlrd so‘m;
  • “PU AO UK NATEK” – 56,5 mlrd so‘m;
  • “Tamirlash Qurish Servis” MChJ – 50,8 mlrd so‘m;
  • “Fayz Design” MChJ – 18,5 mlrd so‘m;
  • “O'zneftgazquduqta'mirlash” AJ – 13,7 mlrd so‘m;
  • “DSK Binokor” MChJ – 12,8 mlrd so‘m;
  • “Nova Towers” MChJ – 12 mlrd so‘m;
  • “Neftgazmontaj” MChJ – 11,2 mlrd so‘m.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 393,1 mlrd so‘mni, Andijon viloyatida 123 mlrd so‘mni, Navoiy viloyatida 82,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров

Mavzuga oid