Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yozgi oromgohlar uchun yo‘llanmani onlayn olish imkoni yaratildi
My.gov.uz'da sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish xizmati ishga tushirildi.
Foto: O‘zA
Yozgi ta’tilda bolalar vaqtini mazmunli tashkil etish uchun my.gov.uz'da sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish xizmati ishga tushirildi.
Endi ota-onalar o‘z farzandlari uchun qulay mavsum va oromgohni tanlab, uydan chiqmasdan turib ariza yo‘llashi va to‘lovni amalga oshirib, yo‘llanma olishi mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun:
- my.gov.uz portalidan «Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish uchun ariza berish«ni tanlanadi;
- yo‘llanma olmoqchi bo‘lgan farzandingizni belgilanadi;
- oromgoh va qulay mavsumni ko‘rsatiladi;
- to‘lovni amalga oshirib, elektron yo‘llanma olinadi.
Yo‘llanma to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng avtomatik ravishda shakllanadi.
Yo‘llanma band qilingach, 30 daqiqa ichida to‘lov to‘liq amalga oshirilmasa, u avtomatik tarzda bekor bo‘lib, band qilingan yo‘llanma qayta sotuvga chiqariladi.
Bolalar oromgohlariga yo‘llanma 7−14 yoshdagi bolalarga beriladi.
Mavzuga oid
11:37 / 28.04.2026
“Endi piyoda borishmaydi” - chekka joylardagi maktablarga avtobuslar topshirildi
17:40 / 25.04.2026
Samarqandda vasiy ayol qizaloqlarga zo‘ravonlik qildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
20:04 / 16.04.2026