Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mebel va yog‘ochsozlik rivojiga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi
“Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2025–2028 yillarda mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
- eksport hajmini 100 mln AQSh dollariga yetkazish;
- sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash.
2029 yil 1 yanvargacha qarorda belgilangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qo‘llanadi.
2025 yil 1 iyuldan o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan YaTTga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
2025 yil 1 avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo‘lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Mavzuga oid
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:27 / 17.03.2026