Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Asadov Rossiya prezidenti matbuot kotibi bilan uchrashdi
Uchrashuvda axborot sohasidagi hamkorlik va soha uchun mutaxassislar tayyorlashning dolzarb masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda axborot sohasidagi hamkorlik va soha uchun mutaxassislar tayyorlashning dolzarb masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.
«Davlatlarimiz rahbarlarining matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, professional tajriba va strategik kommunikatsiyalarga doir yondashuvlar almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tez o‘zgaruvchan media muhit va raqamli platformalar ahamiyati ortib borayotgan sharoitda xodimlarning malakasini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, kelgusidagi ayrim rejalar, shu jumladan axborot siyosati va ikki tomonlama kun tartibini media jihatidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishga tushirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ochiq muloqot, professional hamkorlik va sheriklik aloqalarini mustahkamlashga intilish mushtarak ekani tasdiqlandi», deb yozdi Asadov uchrashuv haqida.
Mavzuga oid
09:03 / 02.06.2026
Rossiyada «oq ro‘yxat» tizimi kengaytiriladi
16:35 / 17.02.2026
Kreml Navalniyning zaharlanishi haqidagi ayblovlarni “qat’iy” rad etdi
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
22:02 / 20.11.2025