Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Qozog‘iston nega BRICS a’zosi bo‘lmasligini tushuntirdi
Oqo‘rda rahbari gap bu tashkilotning «post samaradorligi» haqida ekanini ta’kidladi.
Foto: Al Jazeera
Qozog‘iston pragmatizm tufayli BRICS a’zosi bo‘lmaydi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qatarning Al-Jazeera telekanaliga bergan intervyusida.
Qozog‘iston rahbarining ta’kidlashicha, u juda pragmatik va BRICS doirasida doimiy tuzilmalar, «nizom, kotibiyat, dasturlar va boshqalar yo‘qligini» ko‘rmoqda.
«Biz kuzatuvchi davlat sifatida BRICS ro‘yxatidan o‘tganmiz va bu yetarli, deb hisoblayman», dedi To‘qayev.
Jurnalistning prezident BRICS samarasiz ekanidan xavotirdami yoki Qozog‘iston Rossiya va Xitoyga «juda yaqin» bo‘lib ko‘rinishidan qo‘rqadimi, degan savoliga To‘qayev, birinchi navbatda gap bu tashkilotning «post samaradorligi» haqida ekanini ta’kidladi. «Biz bu tashkilotda kuzatuvchi bo‘lamiz, keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi», deb xulosa qildi u.
BRICS ayni paytda o‘nta davlatdan iborat: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Eron, Misr, Efiopiya va Indoneziya. Tashkilot 2006 yil iyun oyida tashkil etilgan. Uning nizomi va bosh kotibi yo‘q. Assotsiatsiya ishining yo‘nalishini belgilaydigan mamlakat har yili o‘zgaradi; o‘tgan yili bu Rossiya edi. Qozog‘iston BRICS bo‘yicha hamkor davlat maqomiga ega.
Mavzuga oid
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
07:17 / 25.03.2026
Qozog‘istonda ilmiy-fantastik uslubdagi osmono‘par bino qurilishi boshlandi
08:51 / 24.03.2026