Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi
U ovoz berganlar yarmining xayrixohligiga erishdi.
Foto: AP
Muxolifatdagi konservativ «Qonun va adolat» partiyasidan nomzodini qo‘ygan Karol Navrotski Polsha prezidentligi saylovining ikkinchi bosqichida ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritdi.
Davlat saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, byulletenlarning 100 foizi sanab chiqilgach, Navrotski 50,89 foiz, uning raqibi Varshava meri Rafal Tshaskovski esa 49,11 foiz ovoz olgan, deb yozdi Gazeta Wyborcza.
Karol Navrotski vakolat muddati avgust oyida tugaydigan konservativ Anjyey Duda o‘rnini egallaydi.
Polshada prezident asosan ramziy vakolatlarga ega, biroq u parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga veto qo‘yishi mumkin.
Mavzuga oid
11:38 / 31.12.2025
Polshada qiyin ahvolga tushgan ikki fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
14:15 / 30.12.2025
Polshada Belarusdan meteozondlar orqali kiritilgan kontrabanda topildi
09:54 / 30.12.2025
Polshada mushkul ahvolga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
11:21 / 24.12.2025