Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan AYoQShga 75 mln so‘m jarima qo‘llandi
«O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbir o‘tkazildi.
Unda, Quvasoy shahrida joylashgan «M.» MChJga qarashli AYoQSh tomonidan sotilayotgan AI-80 va AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasi 940-sonli qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 75 million so‘m miqdorida (realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida) jarima qo‘llandi.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.07.2026
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026