Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi
Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston-Xitoy transport fakultetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Xitoyning Shensi provinsiyasi Kompartiyasi viloyat qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari, gubernator Jao Gang va Changan universiteti partiya qo‘mitasi kotibi Chen Jijian boshchiligidagi delegatsiya hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti rasman ochib berilib, bu O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlikning ta’lim hamda transport sohalarida yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat ekani qayd etildi.
Mazkur tashabbus ikki mamlakat yoshlari uchun zamonaviy bilim va tajriba almashinuvini ta’minlash barobarida, kelajakdagi yirik loyihalar uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

So‘ng tomonlar Toshkent davlat transport universiteti va Changan universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzoladi. Ushbu hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026