Jahon | 19:16 / 07.06.2025
12591
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

Bayramning birinchi kunida ko‘plab odamlar shifoxonaga murojaat qildi.

Foto: Chris McGrath / Getty Images

Turkiyada Qurbon hayitini nishonlash uchun qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi tan jarohati oldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Kemal Memiso‘g‘lu ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bayramning birinchi kunida qurbonlik chog‘ida olgan jarohatlari bo‘yicha 14372 kishi shifoxonaga murojaat qilgan, jumladan, Anqarada 1049, Istanbulda 753 va Konyada 655 kishi.

Vazir jarohatlarning turi va sabablari haqida ma’lumot bermadi, ammo hayvonlarni so‘yish professionallar tomonidan amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi.

Turkiyada Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlandi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid