Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
Ushbu fuqarolar hamda ularning farzandlari O‘zbekistonga qaytishlari uchun aviachiptalar bilan ta’minlandi.
Migratsiya agentligining RFdagi vakolatxonasiga kelib tushgan murojaatlar asosida, Rossiyaning qator shaharlarida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, 2025 yil iyun oyida Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Ufa va Yekaterinburg shaharlarida og‘ir moliyaviy va huquqiy holatga tushib qolgan fuqarolar hamda ularning farzandlariga Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu fuqarolar Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, HY-634, HY-9670, HY-9658 va HY-9662 reyslari uchun aviachiptalar bilan ta’minlangan.
Migratsiya agentligi xorijda og‘ir holatga tushgan o‘zbekiston fuqarolari +7 925 045-47-44 telefon raqami yoki @pomoshrussiamigrant Telegram manziliga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
Avvalroq Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025