Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti mamlakat yadroviy qurolga intilmayotganini aytdi
Ammo atom energiyasidan foydalanish va jamiyatga foyda keltiradigan tadqiqotlar olib borish huquqiga ega ekanini ta’kidladi.
Eron yadroviy qurolga intilmayapti, lekin tinch yadroviy energiya olish huquqiga ega, dedi Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon mamlakat parlamentiga qilgan murojaatida.
«Oliy rahnamo bir necha bor ta’kidlaganidek, davlatning aniq pozitsiyasi yadroviy qurolga ega bo‘lish va ishlab chiqish istagidan voz kechishdir. Kimki bu aniq pozitsiyaga zid pozitsiyani egallasa, unga Eron siyosatini shakllantirishda o‘rin yo‘q... Biz atom energiyasidan foydalanish va jamiyatimizga foyda keltiradigan tadqiqotlar olib borish huquqiga egamiz va bizni bu huquqdan mahrum etishga hech kimning haqqi yo‘q», dedi Pizishkiyon parlament yig‘ilishida.
Shu bilan birga, Eron TIV Tehron Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (NPT) bo‘yicha o‘z majburiyatlariga sodiq qolishda davom etishi va yadroviy qurolga Yaqin Sharqda o‘rin yo‘q, deb hisoblashini ma’lum qildi.
13 iyun kuni Isroil Eron yadro va mudofaa sanoati obektlariga qarshi zarba berish operatsiyasini boshladi. Bunga javoban Eron Isroil hududiga yuzlab raketa va dronlar bilan zarba berdi. O‘zaro hujumlar ketma-ket to‘rtinchi kun davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:00
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026