Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Berjaya Land Berhad kompaniyasi bosh ijrochi direktori Sayid Ali Shaxul Xamid bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda barpo etilayotgan Yangi Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro shaharlarida bunyod etilayotgan yangi "aqlli" shaharlar kabi mega loyihalarda zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari qurilishiga sarmoya kiritish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Malayziya tomoni O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni rivojlantirish, mehmonxona boshqaruvi yo‘nalishlarida birgalikda loyihalarni amalga oshirish va mazkur sohalarga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga qiziqish bildirdi.
Berjaya Land Berhad kompaniyasi 1990 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati Malayziya hududida va xorijiy davlatlarda qurilish hamda ko‘chmas mulkni rivojlantirish, ushbu sohalarga sarmoya kiritish, mehmonxonalar va dam olish maskanlari, shuningdek, o‘yinlarni boshqarish, avtomobil savdosidan iborat.
Mavzuga oid
18:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonliklar xorijga investitsiya kiritishi keskin ko‘paydi
09:15 / 01.07.2026
“Quyoshli xonadon” dasturi inqirozdami?
14:15 / 30.06.2026
Moody’s O‘zbekistonning kredit reytingini Ba2 darajaga yaxshiladi. Bu nimani anglatadi?
12:05 / 30.06.2026