Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada olimlar Arktikani «qayta muzlatish» rejasini sinovdan o‘tkazmoqda
Britaniyada hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan olimlar Arktikani «qayta muzlatish» rejasini sinovdan o‘tkazmoqda, deb yozadi The Times. G‘oya dengiz muzlari maydonini sun’iy ravishda oshirishni o‘z ichiga oladi.
Iyun oyida Buyuk Britaniyaning Ilg‘or tadqiqotlar va ixtirolar agentligi — «ehtimoliy narsaning chekkasidagi g‘oyalarni» qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan davlat organi — «Arktikada har qishda hosil bo‘ladigan dengiz muzini ixchamlashtirish va saqlash» uchun yuz minglab robotlardan foydalanish imkoniyatini o‘rganish jamoasiga 10 million funt sterling mablag‘ ajratdi.
«Arktikadagi olimlar allaqachon muz yo‘llarini qurishmoqda. Muzni qalinroq qilish uchun ular teshiklarni burg‘ilashadi, dengiz suvini yuqoridan ichkariga yo‘naltiradi va muzni muzlatib qo‘yadi», — deydi Kembrij universiteti olimi doktor Shon Fitsdjyerald.
Uning ta’kidlashicha, agar hammasi rejadagidek bo‘lsa, ishlov beriladigan maydonlar 140 ga yaqin futbol maydoniga qadar kengaytirilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026